Jahon | 08:47 / 29.08.2017
17044
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda yadro bombasi sinovlari o‘tkazilgani ma'lum qilindi

Foto: SS0 Public Domain

AQSh energetika vazirligining Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi (NNSA) AQSh harbiy-havo kuchlari ko‘magida 8 avgustda Nevada shtatida B61-12 yadro bombasi yangi modifikatsiyasining ikkita sinovini o‘tkazgan. Bu haqda NNSA matbuot xizmati ma'lum qildi

Sinovlar Tonopa poligonida o‘tkazilgan. Jangovar zaryadsiz bo‘lgan bombalar F-15E bombardimonchi samolyotidan tashlangan. Sinovlar vaqtida tadqiqotchilar bombaning “noyadroviy” funksiyalari va bombardimonchining yadro qurolini tashish va kerakli nuqtaga yetkazishga qodirligini baholashgan.

“B61-12’ning xizmat muddatini uzaytirish dasturi jadval bo‘yicha ketmoqda va milliy xavfsizlik talablariga javob beradi”, deb aytdi NNSA direktorining mudofaa dasturlari bo‘yicha o‘rinbosari Fil Kalbos.

B61-12 bombalari AQSh yadroviy arsenalida B61 bombasining 4 ta boshqa modifikatsiyasi (B61-3, -4, -7, -10) o‘rnini egallaydi. NNSA rahbari Frenk Klottsning aytishicha, modernizatsiya evaziga B61-12 bombasi yana kamida 20 yil xizmat qilishi mumkin.

B61 yadro bombasini yaratish ishlari 1963 yilda boshlangan. AQSh harbiy muhandislari bombani yaratish ustida 2 yil ishlashgan. So‘ngra u seriyali ishlab chiqarishga qo‘yilgan. Keyinchalik bomba muntazam ravishda o‘zgartirib va takomillashtirib borilgan. Bombaning uzunligi 3,58 m, diametri 33 sm, og‘irligi 320 kgdan 500 kg gacha keladi. Bombaning yadro zaryadi 0,3 kilotonnadan 300 kilotonnadan ko‘proqqachani tashkil qiladi. 

Mavzuga oid