Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Yarim finalchilarimizning raqiblari bilan tanishing

Foto: AIBA
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorakfinal uchrashuvlariga yakun yasaldi.
10 vazn toifasidan 9tasida bokschilarimiz yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurashganidan xabaringiz bor. Bokschilarimizdan 6 nafari chorakfinalda raqiblarini dog‘da qoldirib, yarimfinal yo‘llanmasini hal qilgan bo‘lsa, 60 kg vaznda Elnur Abduraimov, 75 kg vaznda Isroil Madrimov, 91+ kg vaznda Bahodir Jalolov musobaqani chorak finaldan yakunlashga majbur bo‘lishdi.
Endi sizlarni yarimfinalga yo‘llanma olgan bokschilarimizning raqibi kim bo‘lishi va janglar qaysi vaqtda o‘tkazilishi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtiramiz.
49 kg. Yarimfinal. 31 avgust, 21:15
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Yuberxen Martines (Kolumbiya)
Narigi juftlik:
Xoanis Argilagos (Kuba) - Jo‘mart Erjan (Qozog‘iston)
52 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 21:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Kim In-Kyu (Janubiy Koreya)
Narigi juftlik:
Yosvani Veitia (Kuba) - Tamir Galanov (Rossiya)
64 kg. Yarimfinal. 31 avgust. 22:00
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Freudis Roxas (AQSh)
Narigi juftlik:
Hovhannes Bachkov (Armaniston) - Endi Kruz Gomes (Kuba)
69 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
Narigi juftlik:
Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba)
81 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:45
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)
Narigi juftlik:
Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)
91 kg. Yarimfinal. 31 avgust 23:00
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - Yevgeniy Tishchenko (Rossiya)
Narigi juftlik:
Vasiliy Levit (Qozog‘iston) - Erislandi Savon (Kuba)
P.S. Yarimfinalda ishtirok etayotgan davlatlarning bokschilari soni:
Kuba — 7;
Qozog‘iston va O‘zbekiston — 6;
AQSh, Ozarboyjon va Rossiya — 2;
Avstraliya, Angliya, Armaniston, Germaniya, Gurjiston, Janubiy Koreya, Irlandiya, Kamerun, Kolumbiya, Mo‘g‘uliston, Ukraina, Fransiya, Hindiston, Ekvador — 1.
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025