Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi
U boshidan kuchli zarba yeb, ringga quladi. So‘ngra bo‘lib o‘tgan voqealarni unutdi.

Foto: sanspo.com
Yaponiyalik bokschi Tsutomu Sasaki yarim o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun amerikalik Brayan Normanga qarshi jangdan so‘ng bir yarim oylik xotirasini yo‘qotdi.
Sasaki va Norman o‘rtasidagi jang 19 iyun kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi. Birinchi raunddayoq amerikalik yaponiyalik raqibini ikki marta nokautga uchratdi va beshinchi raundda boshiga kuchli zarba berib, ringga qulatdi. Shundan so‘ng, hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Zarbadan keyin Sasaki boshining orqa qismi bilan ringga quladi va hushini yo‘qotgan. Bokschi taxminan bir daqiqa hushsiz yotdi, shundan so‘ng uni zambilda olib chiqishdi.
佐々木尽選手残念...
— 或津路 (@Arutsur0) June 19, 2025
世界ウェルター級の壁はあまりにも高かった... pic.twitter.com/4KOXyYTDBt
Shifoxonada yaponiyalik bokschi bir yarim oylik xotirasini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Sasaki jangning borishini va hatto jang haqida qanday kelishilganini eslay olmadi.
«Sasaki shifoxonaga olib ketildi, u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, xususan, kompyuter tomografiyasidan. Unda jismoniy jarohat yoki ichki qon ketishi yo‘q, lekin boshining orqa qismi bilan qattiq urilib, xotirasini yo‘qotdi. Sasakining ahvolini kuzatib boramiz», dedi tashkilotchi Nakai Issey.
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025