Jahon | 19:33 / 01.10.2017
16047
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada va Fransiyada teraktlar sodir etildi

Bugun, 1 oktabr kuni Fransiyaning Marsel shahridagi Sen-Sharl vokzalida o‘rta yoshlardagi erkak sovuq qurol bilan ikki kishiga hujum qilib, ularning umriga zomin bo‘ldi.

Mahalliy politsiya vakillari ushbu shaxs diniy ruhdagi hayqiriqlar bilan hujum qilgani uchun, bu hujumni terakt sifatida baholagan. Ayni paytda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Shuningdek, o‘tgan kecha, yuqoridagi holatga o‘xshash hodisa Edmonteda (Kanada) ham kuzatilgan. Unda erkak kishi piyodalar o‘tish yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchilarga qasddan jarohat yetkazish maqsadida avtomobil tezligini oshirgan. Birozdan so‘ng, politsiya vakillariga pichoq bilan tashlangan. Uning harakati natijasida, 5 kishi tan jarohati olgan, hujum qilgan shaxs ushlangan. Uning boshqaruvida bo‘lgan mashinadan IShID bayrog‘i topilgan.

Mavzuga oid