Turkiya fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizasi olish osonlashtirildi
O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni faollashtirish uchun shu yilning 21 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun vizaga oid jarayonlarni soddalashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3347 sonli qarori imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayti xabar bermoqda.
Ushbu hujjat vizalarni rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mamlakatimizga sayyohlik va ishbilarmonlik maqsadlarida kelayotgan Turkiya fuqarolari uchun qulayliklar yaratadi. Ishbilarmonlik maqsadlarida O‘zbekistonga kelayotgan Turkiya fuqarolariga beriladigan, bir yilgacha bo‘lgan muddat uchun ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning xorijdagi idoralarida 3 ish kunida (hujjat topshirilgan kun e'tiborga olinmasdan) rasmiylashtiriladi. Bunda taklif etayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilish talabi bekor qilinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonga bir oygacha bo‘lgan muddatga sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolariga vizalar ham 3 ish kunida (hujjat topshirilgan kun e'tiborga olinmasdan) rasmiylashtiriladi. Bu holda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va respublikaning boshqa sayyohlik tashkilotlari vaucherlarini taqdim etish talabi bekor qilinmoqda.
Mavzuga oid

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

23:17 / 29.05.2025
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

11:35 / 28.05.2025