Pentagon Suriya va Iroqda qancha amerikalik harbiy borligini ma'lum qildi

Foto: Getty Images
Suriyada taxminan 2 ming, Iroqda esa 5,2 ming amerikalik harbiy bor. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Dana Uayt jurnalistlar uchun brifingda ma'lum qildi.
“Iroqda taxminan 5,2 ming, Suriyada 2 ming harbiy bor. Balki ko‘proq yoki kamroqdir”, deb aytgan Uayt.
Uning aytishicha, AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bu ma'lumotlar ommaga ma'lum bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq bu masalada “harbiylarni qabul qilayotgan davlatlarni hurmat qilish” hamda “xavfsizlikka” amal qilish kerak.
Avvalroq Suriyada 500 dan sal ko‘proq amerikalik harbiy borligi ta'kidlangan. Uaytning aytishicha, Suriyada IShIDga qarshi kurash hali yakunlanmagan.
Mavzuga oid

15:06
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

20:32 / 05.06.2025
Pentagon katta kemalarni yo‘q qiladigan aviabombani sinovdan o‘tkazdi

19:55 / 05.06.2025