15 yanvarda 1-Respublika Qur'oni Karim tilovati musobaqasi boshlanadi

Foto: O‘zMI matbuot xizmati
2018 yil 15 yanvari Qur'oni Karim tilovati bo‘yicha 1-Respublika qorilar ochiq musobaqasi boshlangan kun sifatida tarixga kiradi. Rejaga ko‘ra, Qur'on musobaqasining tuman-shahar bosqichi ochilish marosimi Jizzax viloyatining so‘lim Zomin tumanidagi zamonaviy usulda qayta barpo etilgan “Ma'rifatli” jome masjidida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan boshqa hududlarda ham musobaqa boshlanishiga duo beriladi, deb xabar beradi O‘zMI matbuot xizmati. Ushbu marosimda istagan kishi qatnashishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda “Ma'rifatli” jome masjidida musobaqaning ochilish marosimiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu vaqtga qadar musobaqada qatnashishga jur'at qilgan, ya'ni o‘zining bilimiga, quvvai hofizasiga ishongan 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qori va qoriyalar soni salkam to‘rt mingga yaqin ekan. Ishtirokchilarning to‘liq va yakuniy ma'lumoti ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, musobaqa jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib boriladi. U yerga bora olmagan vatandoshlar musobaqaning ochilish marosimini www.muslim.uz portali va Idoraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1 sentabrda Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Xasti Imom majmuasiga tashrifida O‘zbekistonda Qur'on tilovati bo‘yicha Respublika musobaqasini tashkil etish tashabbusini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

10:36 / 27.05.2024
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi

22:31 / 08.04.2023
Eronlik qori Qur’on musobaqasida 800 ming dollar yutdi

18:33 / 05.04.2022
Diniy soha vakillari va rasmiylar «Bag‘rikenglik bog‘i»da ko‘chat o‘tqazishdi (foto)

22:00 / 17.01.2022