Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari elektroshok vositalari bilan ta'minlanadi

Foto: Dotoho
Prezidentning yangi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligiga ikki oy muddatda muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar bo‘limlari xodimlarini bosqichma-bosqich tabel o‘qotar quroli o‘rniga qo‘llashning qat'iy tartibi va shartlarini belgilagan holda elektroshok vositalari bilan ta'minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi belgilandi.
Shuningdek, ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin, bunda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutildi.
Bundan tashqari, piyodalarda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan, kompleks tushuntirish ishlarini o‘tkazish va ularni ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikka tortish orqali ta'sirchan choralarni amalga oshiradi.
Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Bosh boshqarma Axborot multimedia markazini joylashtirish, uni zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

21:49 / 08.06.2025
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi

09:15 / 26.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimi haydovchiga elektroshoker qo‘lladi

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025