Arab davlatlari ligasi AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi qarorini qoraladi

Foto: Reuters
Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abul Gayt AQShning Isroildagi elchixonasining may oyida Al-Qudsga ko‘chirilishi qarorini qoraladi. Uning aytishicha, bu qaror Yaqin Sharqni tinchlikka oxirgi imkoniyatdan mahrum etishi mumkin.
AQSh ma'muriyati elchixona ochilishini Isroil tashkil etilganining 70 yilligiga bag‘ishlashga qaror qildi. Ushbu kun 2018 yil 14 may kuniga to‘g‘ri keladi. Biroq falastinliklar va ko‘plab isroillik arablar uchun bu kun Naqba – milliy falokatdan bir kun oldingi kun hisoblanadi. Naqba kuni 15 may kuni nishonlanadi. Bu kun falastinliklar 1948 yil voqealarini eslashadi. O‘shanda 100 minglab mahalliy aholi o‘z uylaridan ayrilib, o‘nlab yillarga qochqinlarga aylanishgan.
“AQShning bu qarori o‘tgan yil dekabridan davom etayotgan ig‘volar va xato harakatlar zanjirida yana bir bo‘g‘indir. Bu qaror falastinliklar va isroilliklarning tinch-totuv yashashiga oxirgi umidni yo‘q qilishi mumkin”, deb aytgan Abul Gayt.
Uning aytishicha, AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayonida vositachi sifatidagi obro‘sini yo‘qotmoqda.
“AQShning Naqba kuni elchixonasini ko‘chirish qarori Isroil foydasiga noxolis munosabatda ekanligini hamda 70 yildan beri davom etayotgan hududiy ixtilof tarixi va mohiyatiga maqbul baho yo‘qligini isbotlaydi”, deb aytilgan bayonotda.

Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Starmer Shimoliy Irlandiyadagi ruminlarga qarshi tartibsizliklarni qoraladi
Jahon | 12:41
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Jahon | 12:15
-
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:10
-
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

11:31
Isroil Eronga «ogohlantiruvchi zarba» berganini ma’lum qildi. AQSh amaliyotda ishtirok etmaganini bildirdi

10:42
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan

10:30
Oyatulloh Xominaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi

09:55