Xitoyda uzunligi 415 metrli poyezd 350 km/soat tezlikda sinovdan o‘tkazildi

Foto: AFP 2018 / STR / AFP
Pekinda uzunligi 415 metr keladigan va maksimal tezligi 350 km/soat bo‘lgan “Fusin” tezyurar poyezdi sinovdan o‘tkazildi. Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi CRRC Tangshan ma'lumotlariga ko‘ra, bunday tarkibning sinovi ilk bor o‘tkazildi.
Ma'lum qilinishicha, yangi poyezd 16 ta vagondan iborat bo‘lib, u bunday tezyurar poyezdlarning avvalgi modellaridan 2 barobar uzunroq. Poyezd 1,1 mingdan ko‘proq yo‘lovchi tashiy oladi.
Yangi poyezd sinov bosqichidan o‘tmoqda: poyezd ommaviy ishlab chiqarilishidan avval 28 ta sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Fusin” modelidagi poyezdlar tezyurar tarkiblarning yangi avlodini taqdim qiladi. Ular to‘liq Xitoyda loyihalashtirilgan, kam miqdorda elektr energiya sarflaydi va uzoqroq xizmat qilishi bilan farqlanadi.
Bugungi kunda Xitoyda tezyurar yo‘lovchi poyezdlarning maksimal tezligi 350 km/soatni tashkil qiladi. 2017 yil sentabrda bunday tarkiblar Pekin-Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha harakatlana boshlagan. Bunday poyezdlar bir kunda 505 mingga yaqin yo‘lovchi tashiydi.
Xitoyda temir yo‘l izlari uzunligi 124 ming km ga yaqinni tashkil qiladi. Ulardan 22 ming kilometri tezyurar temir yo‘l magistrallariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

14:11 / 30.05.2025
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

22:44 / 29.05.2025
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

19:44 / 29.05.2025
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi

19:31 / 29.05.2025