Sport | 00:50 / 24.03.2018
17232
2 daqiqa o‘qiladi

Tubga sho‘ng‘ish. Rossiyada uy uchrashuvlaridagi eng yirik mag‘lubiyat

Foto: © L!FE

Rossiya terma jamoasining «Lujniki»da Braziliyaga qarshi o‘tkazilgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvi terma jamoaning uy uchrashuvlaridagi eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi.

1992 yildan buyon terma jamoa rossiyaliklar 270 uchrashuv o‘tkazgan, shundan 64 uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etilgan. Rossiya termasi tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat 2006 yili jahon chempionati saralashida Lissabonda Portugaliyaga 1:7 hisobida yutqazishi bo‘lgandi.

Shuningdek, neytral maydonda, 2016 yilgi Yevropa chempionatida Tuluzada kechgan bahsda Rossiya Uelsga 0:3 hisobida yutqazgandi.

Shu bilan birgalikda shu vaqtgacha terma jamoa uy uchrashuvlarida yirik hisoblarda yutqazmay kelayotgandi - eng yirik mag‘lubiyatlar 2ta to‘p farqi bilan ro‘y bergan, bunday o‘yinlarning oxirgisi 2017 yilning martida, Krasnodarda kechgan uchrashuvda Chersesov shogirdlari Kot-d'Ivuarga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

23 mart kuni Rossiyaning «Lujniki»da Braziliyaga 0:3 hisobida yutqazishi bu boradagi antirekordga aylandi. 26 yillik tarixida Rossiya terma jamoasi Rossiyada kechgan o‘yinlarda 3 to‘p farqi bilan yutqazmagandi.

Cherchesov rahbarligida rossiyaliklar 18 uchrashuv o‘tkazib, 6 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 5 durang qayd etdi.

Rossiyaning keyingi o‘yini 27 mart kuni Sankt-Peterburgda Fransiya termasiga qarshi kechadi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid