Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda mezbon sifatida jang qilayotgan «Venezuela Caciques» ilk g‘alabaga erishdi
Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining uchinchi jangi bo‘lib o‘tdi.
-69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan «Venezuela Caciques» vakili Gabriel Maestre o‘zbekistonlik Mahmud G‘oipovga qarshi ringga ko‘tarildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Venezuela Caciques» vakili Gabriel Maestre 3:0 g‘alaba qozondi. U «mezbon» sifatida surxondaryolik Mahmud G‘oipovdan ustun kelib, jamoasiga ilk g‘alabani olib keldi.
Bu jangdan so‘ng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 1:2 ko‘rinishini oldi.
Ma'lumot uchun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar O‘zbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, C2 jamoasi o‘yinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Termiz shahrida C1 jamoasining barcha janglarida Uzbek Tigers bokschilari raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishgandi.
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025