«Hech qachon uyushgan jinoyatchilikka aloqador bo‘lmaganman» - G‘ofur Rahimov bayonot berdi

Foto: AIBA
Xalqaro boks assotsiatsiyasi o‘z saytida tashkilotning vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimov rasmiy bayonotini e'lon qildi, deya xabar bermoqda «SPORTINFORM» muxbiri.
Maktubda Rahimov Vashington va Londondagi advokatlariga «Maxsus tayinlangan fuqarolar ro‘yxati»dan o‘z nomini olib tashlash uchun chet el aktivlarini boshqarish bo‘yicha AQSh Ofisiga (OFAC) murojaatnoma yuborishni, ya'ni, G‘ofur Rahimovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib yuborish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani ta'kidlanadi:
«Bu janob Rahimovning o‘z nomi va obro‘sini ommaviy axborot vositalaridagi asossiz ayblovlardan tozalashga qaratilgan g‘ayratli qadamlaridan biri. Janob Rahimov o‘z bayonotida ommaviy axborot vositalari unda jinoiy uyushmalar bilan aloqalar borligi haqida yozishgan xabarlar asossiz ekanini isbotlaydigan eng yaxshi huquqshunoslarning xizmatlarini saqlab qolganini aytadi».
Rahimovning advokatlari so‘zlariga ko‘ra, o‘zlarining mijoziga qarshi «o‘z vaqtida siyosiy ta'qiblar ham uyushtirilgan».
«Men hech qachon uyushgan jinoiy guruh bilan aloqador bo‘lmaganman, hamda men hech qachon hech qanday jinoyatlarda ayblanmaganman. AQSh G‘aznachiligining bosimi davom etayotgan bo‘lsada, men AIBA boshqaruvi va moliyaviy barqarorligini tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlarimni davom ettiraman. Men boksni yaxshi ko‘raman. AIBA har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tadi, va menga qarshi asossiz ayblovlarga qaramay, hayotimni sportga bag‘ishlashda davom etaman», - deyiladi G‘ofur Rahimovning bayonotida.
Rahimovga «vaqtinchalik» prefiksidan qutilish imkonini beradigan AIBA prezidenti saylovlari joriy yilning noyabr oyida Moskvada o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

18:50 / 12.12.2023
Bizda G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoyat ishi mavjud emas - IIBB

17:49 / 05.05.2023
G‘ofur Rahimovning turmush o‘rtog‘ini chuv tushirganlikda ayblanayotgan aka-uka uzoq muddatga qamaldi

17:47 / 16.04.2022
G‘ofur Rahimov Boks federatsiyasida ish boshlaydi

08:29 / 21.04.2020