Amerikalik komik Trampni “laqillatdi”

Foto: Getty Images
Amerikalik stendap-komik Jon Melendes o‘zini AQSh Demokratik partiyasidan senator Robert Menendes deb tanishtirib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo‘ng‘iroqlasha olgan.
“OAV men prezidentni aldab, u bilan birinchi raqamli bortda bo‘lganda bog‘lana olganimga e'tibor qaratmayotgani taajjublidir”, deb yozgan komik tvitterda.
Fox News telekanalining xabar qilishicha, Melendes Oq uy operatorlariga prezident bilan qonun loyihasi bo‘yicha zudlik bilan gaplashishi kerakligini aytgan. Biroz vaqt o‘tib unga Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner qo‘ng‘iroq qilib, Trampni ulab bergan.
Melendes bir necha daqiqa davomida Tramp bilan immigratsiya siyosati va AQSh oliy sudi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan. Tramp suhbat davomida senatorga qarshi korrupsiya ishi olib borilganini yodga olib, uni oqlangani bilan tabriklagan.
Komik Tramp bilan suhbati audioyozuvini internetda joylashtirgan.
Politico nashrining ma'lum qilishicha, Oq uyda pranker qanday qilib prezident telefon liniyasiga ulana olgani aniqlashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12
-
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi
O‘zbekiston | 17:10
-
Qirg‘iziston deportatsiya boshlaydi, Turkmaniston AQShdan xafa, To‘qayev vazirlarini haydadi
Jahon | 15:39
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
Mavzuga oid

10:30 / 06.12.2023
Germaniya vitse-kansleri Habek rossiyalik prankerlarning «qurboniga» aylandi

18:03 / 02.06.2023
Toshkentda yo‘lning qatnov qismida prank uyushtirgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020