Dunyoga donishmandlarcha qarash siri nimadan iborat, uni qo‘lga kiritish mumkinmi?
Bilim, birinchi navbatda, faktlar bilan uzviy bog‘liq. Nimanidir o‘rganib oldingiz, endi uni muayyan sohada qo‘llay olasiz. Bu bilan cheklanib qolmang, keyingi bosqich – donishmandlikka intiling.

Aqlli kishi biror narsani o‘zlashtirgach, uni faqat bir holatdagina qo‘llash mumkin, deb hisoblamaydi. U mazkur hodisa boshqalari bilan qanday bog‘liq ekanini ko‘ra oladi.
Agar bilim amaliy ahamiyatni bersa, donishmandlik bizning dunyo bilan o‘zaro munosabatimizni o‘zgartiradi. Tadbirkor va bloger Zet Rana (Zat Rana) hayotga nisbatan donishmandlarcha nazarni shakllantirish haqida gapirib berdi.
Donishmandlikka qanday erishish mumkin?
Agar ma'lumotni eslab qolish bilan birga uni o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, dunyoni qabul qilishingiz biroz o‘zgaradi.
Masalan, mana bu vaziyatni tasavvur qilib ko‘ring: talabasiz, qiyin imtihon topshiryapsiz va ko‘chirishga qaror qildingiz. O‘qituvchi buni sezib qoldi va natijada sizni keyingi kursga o‘tkazmaydigan bo‘lishdi. Bundan imtihonlarda ko‘chirish qaltis, degan xulosa chiqarish mumkin. Qo‘lga tushib qolish ehtimoli oz bo‘lsa-da, oqibati hayotingizni yomon tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Siz boshqa bunday qilmaslikka qaror qilasiz.

Biroq bu hali donishmandlarcha yondashuv emas. Muayyan vaziyatda olingan bilimni o‘zgartirib, keng qo‘llaniladigan qoidaga aylantiring. Og‘ir oqibatlar ko‘chirishlargagina xos emas. Moliyaviy, karera, shaxsiy hayotda xatarlilik darajasi yuqori bo‘lgan barcha qarorlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Asosiy hayotiy tamoyilni o‘zlashtirish uchun olingan tajribaning mohiyatini avvalgi bilimlar bilan bog‘lash lozim.
Shaxsiy axborot tarmog‘ini yarating
Ilm-fanda Metkalf qonuni mavjud. Dastlab undan telekommunikatsion tizimlarni tasvirlash uchun foydalanishgan. Biroq uni boshqa sohalarda ham qo‘llasa bo‘ladi. Mazkur qonunga muvofiq, tarmoqning foydasi unga ulangan foydalanuvchilar soni bilan ortib boradi. Har qanday tizimda tugun va ular orasida aloqa bor. Uning ahamiyati alohida elementlar bilan emas, aloqalar soni bilan aniqlanadi.
Masalan, alohida olingan o‘nta telefondan foyda yo‘q. Biroq ularning boshqa gadjyetlar bilan o‘zaro aloqasi ahamiyatni oshiradi. Qancha ko‘p apparat bir-biriga bog‘langan bo‘lsa, tarmoqning ahamiyati ham yuqori bo‘ladi.

Bu miyangizdagi turli bilimlar o‘rtasidagi aloqaga ham tegishli. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, axborot tarmog‘ingizning qiymati shuncha yuqoridir.
Har safar biror yangi narsa o‘rganganingizda uni tor yo‘nalishda qo‘llaysiz, yoki avvalgi tajriba bilan taqqoslaysiz. Donishmandlik yangi aloqalarni yaratish jarayonida to‘planadi.
Bilimlarning bunday tarmog‘idagi har bir tugun – haqiqatning u yoki bu jihatini aks ettiruvchi mental modeldir. Yakka holda uning ahamiyati yuqori emas. Uni qismlarga bo‘lib, qo‘shni mental modellar bilan solishtirish kerak.
O‘zingizda donishmandlikni rivojlantirish uchun hayotga alohida elementlar orqali emas, jami axborot tarmog‘i orqali nazar soling.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qanday qilib yirik meva importchisiga aylandi?
O‘zbekiston | 16:26
-
Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 16:25
-
May oyida inflatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi. Bunga elektr va gaz narxlarining oshishi katta ta’sir ko‘rsatgan
Iqtisodiyot | 16:23
-
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Jamiyat | 16:05
Mavzuga oid

11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

09:10 / 29.11.2023
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi

12:13 / 19.09.2023