Huquqiy savodxonlikni oshirish uchun barcha hujjatlar o‘zbek tilida ham taqdim etiladi

Foto: Depositphotos
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari «Davlat huquqiy siyosati konsepsiyasi»ni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda 6 avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Huquqiy siyosat - davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi» mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lumot berilgan.
Ma'lum qilinishicha, aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida mazkur konsepsiyada barcha qonun hamda qonunosti hujjatlarining davlat tilida qabul qilinishi, hujjat loyihalarining o‘zbek tilida ham jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
«Institut faoliyatini boshlash arafasida «Davlat huquqiy siyosati konsepsiyasi»ni ishlab chiqish to‘g‘risida bosh qotiryapmiz. Ta'kidlanganidek, qator mamlakatlarda huquqiy siyosat konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Mana shunaqa konsepsiyada, umuman, ushbu siyosatni amalga oshirish, uning yo‘nalish va prinsiplari, u nimalarga tayanib boshqariladi - barchasi hujjatda o‘z aksini topishi kerak.
Aynan mana shu konsepsiyada keltirib o‘tilgan muammo [ayrim huquqiy hujjatlarning davlat tilida e'lon qilinmasligi] o‘z yechimini topishi lozim, deb hisoblayman», deydi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Ilhom Nasriyev.
Nasriyevning ta'kidlashicha, vazirlik huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutini tashkil etishdan maqsad ham aynan shu kabi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Foydalanishga topshirilgan obekt kamchiliklarini bartaraf etish xarajati qoplanadi
O‘zbekiston | 10:25
-
Ispaniya va Fransiya o‘yinida 9 ta gol urildi
Sport | 10:24
-
Mers Trampga Ukrainadagi urushni birgalikda tugatishni taklif qildi
Jahon | 10:23
-
Xalqaro qidiruvga berilgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Jamiyat | 10:04
Mavzuga oid

08:26 / 25.09.2018
Huquqingizni talab qiling. Majburiy mehnatga rozi bo‘lmang!

12:31 / 31.07.2018
Taklif: “Huquqni maktab yoshidan boshlab har bir o‘quvchiga singdirib borish kerak”

11:53 / 20.06.2018
Xalqaro huquq bo‘yicha kursni bitirganlar endi xorijda stajirovka o‘taydi

15:00 / 04.04.2018