Milliy universitet dekani va o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Shu yilning 15 avgust kuni fuqaro R.X. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti xodimlari Yu.J. va A.Q.lar shu universitet magisturaturasi “Ijtimoiy fanlar” fakultetining psixologiya yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish evaziga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur arizaga asosan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan muovini bo‘lib ishlovchi Yu.J. universitetning Fizika fakulteti binosida fuqaro R.X.dan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan. Yu.J. o‘zining jinoiy sherigi A.Q. (fakultet dekani - tahr.) bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, ushbu pullarni olganligi ma'lum bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi (pora olish: bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.J. va A.Q. qamoqqa olingan.
Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a'zolariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Slovakiya deputatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun ovoz bermaslikka chaqirdi
Jahon | 12:12
-
NNT xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi
O‘zbekiston | 12:09
-
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05
-
O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya
Sport | 11:54
Mavzuga oid

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda

10:53 / 22.04.2025