DSQ tadbirkorlik sub'yektlarini pasportlashtirishni boshladi

Foto: KUN.UZ
2018 yilning 1 oktabridan boshlab davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishining yuritilishi belgilangan.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mazkur qaror ijrosini ta'minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosiga kirishildi. Ayni paytda tajriba sinov tariqasida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan 54ta mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining pasportlarini tuzish, belgilangan joyida mavjudligi, haqiqatda shug‘ullanayotgan faoliyat turini o‘rganish, hisobotdagi va amaldagi ishchilar sonini solishtirish, noqonuniy va hujjatsiz faoliyat yuritayotganlarni aniqlash va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun Toshkent shahar moliya bo‘limi, tumanda joylashgan tijorat banklari hamda davlat soliq boshqarmasi va inspeksiya xodimlaridan iborat 17ta ishchi guruhi tashkil etilgan bo‘lib, jami 170 nafar xodim ushbu faoliyatga jalb etilgan.
O‘tkazilgan o‘rganish ma'lumotlariga ko‘ra, tumanda jami 7891ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 6167tasi yuridik shaxs va 1724tasi yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etadi.
Ishchi guruh a'zolari tomonidan 19 avgust holatiga jami 6083ta tadbirkorlik sub'yektlarining pasportlari tuzilib, ma'lumotlar bazasi shakllantirilgan.
Shundan, faoliyat turlari bo‘yicha – chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar 1172tani, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar 342 tani, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar 576tani, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar 238tani, xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar 2554tani va yakka tartibdagi tadbirkorlar 1 035 nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, belgilangan tartibda o‘tkazilgan pasportlashtirish jarayonida 166 nafar fuqaroning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ularga belgilangan muddatlarda davlat ro‘yxatidan o‘tishi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilgandan keyin yana 108 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shu bilan birga, savdo, ishlab chiqarish, qurilish hamda xizmat ko‘rsatish korxonalarini pasportlashtirish jarayonida 1070 nafar fuqaroning norasmiy ravishda ishlayotganligi hamda 277 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar tasarrufida 507 nafar fuqaroning tegishli hujjatsiz yollangan asosda mehnat qilayotganligi aniqlandi.
Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi natijasida soliqlarni to‘lashdan muntazam ravishda bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va tahlil qilish hamda ularga barham berish choralari ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

14:26 / 29.04.2025