Sport | 22:00 / 23.09.2018
4515
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» 3 daqiqada 2ta gol urib g‘alaba qozondi va turnir jadvalida yuqoriladi

Angliya Premer-ligasining 6-turi doirasida «Arsenal» «Everton»ni qabul qildi. Londondagi «Emiraytes» o‘yingohida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 56- va 59 daqiqalarida «kanonirlar» hujumchilari Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyang tomonidan urilgan gollar g‘alabani ta'minladi. Ikki golga ham Aaron Remsi pas berdi.

Qatorasiga to‘rtinchi g‘alaba evaziga ochkolari sonini 12taga yetkazgan Unai Emeri shogirdlari turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Everton» esa 6 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Keyingi turda «kanonirlar» o‘z maydonida «Uotford»ni qabul qiladi, «irislar» o‘z maydonida «Fulhem» bilan kuch sinashadi. Ikki o‘yin ham 29 sentabr kuniga belgilangan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Angliya chempionati
6-tur
«Arsenal» – «Everton» 2:0

Gollar: 1:0 – 56 Lyakazett, 2:0 – 59 Obameyang.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Papastatopulos (Xolding, 39), Ozil, Djaka, Torreyra, Remzi (Uelbek, 80), Obameyang (Ivobi, 69), Lyakazett.
Everton –  Pikford, Kin, Din, Kenni, Zuma, Sigurdsson, Devis, Uolkott (Bernard, 72), Guyye, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Tosun, 72).
Ogohlantirishlar: Torreyra (15), Din (27), Papastatopulos (30).

Mavzuga oid