Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya malikasi Ayako turmushga chiqdi
The Mainichi gazetasining yozishicha, to‘y bugun Tokiodagi Meydzi ibodatxonasida bo‘lib o‘tgan. Yapon malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqish uchun o‘z maqomidan voz kechgan. Endi malika Ayakoga million dollardan ko‘proq pul sep sifatida ajratiladi.
Imperator xonadoni an'anasiga ko‘ra, 28 yoshli Ayako oddiy fuqaroga turmushga chiqqani uchun maqomidan ayriladi. Ayakoning turmush o‘rtog‘i 32 yoshli Key Morito – Nippon Yusen Kaisha yuk tashuvchi kemalar kompaniyasi xodimi. Malika Yaponiya imperatori Akixitoning amakisi, 2002 yilda vafot etgan Norixitoning qizidir. Sobiq malika to‘ydan oldin imperator xonadoni a'zolaridan rasman uzr so‘ragan va maqomini topshirgan.
Ayako to‘y o‘tgach o‘zining avvalgi maqomi darajasida hayot kechira olishi uchun davlatdan 1,3 mln dollar miqdorida sep puli oladi.











Eslatib o‘tamiz, Yaponiya imperatori Akixito 2019 yilning 30 aprelida taxtdan voz kechadi va imperatorlik 1 may sanasidan uning o‘g‘li Naruxitoga o‘tadi.
Mavzuga oid

11:19
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025