Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayson Fyuri ringga qaytishi sabablari haqida gapirdi

Foto: REUTERS
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytish bo‘yicha qaroriga nima ta'sir qilgani haqida aytdi.
Sportchi dekabr oyida o‘zi bilan jang o‘tkazishi lozim bo‘lgan amerikalik Deontey Uaylderning salbiy bayonotlari uni qanday qilib boksga qaytishga undagani haqida so‘zlab berdi.
«Men qo‘limda telefon bilan ketayotgandim. Tasodifan Uaylderning qisqa videosini ko‘rib qoldim. U shunday dedi: «Tayson Fyuri o‘ziga qaramay qo‘ydi, oilasining hafsalasini pir qildi. U shunchalik semirib ketganki, endi hech qachon ringga qaytmaydi. U ketganidan mamnunman. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men uni yo‘q qilib tashlab, ketishga majbur qilgan bo‘lardim». O‘shanda buni qilishim lozimligi haqida o‘yladim. Ringga qaytaman va Uaylderga hammasini shaxsan isbotlayman. U menga motivatsiya berdi. Men uni taslim etish uchun qaytib kelishni istadim», - deya ta'kidlab o‘tdi Fyuri Showtime Boxing Fury’ga bergan intervyusida.
Britaniyalik va amerikalik o‘rtasidagi jang 2018 yil 1 dekabr kuni Los-Anjyelesdagi «Steypls-markaz» arenasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025