O‘zbekistonda o‘rmonlarni salbiy ta'sirlardan himoya qilish tartibi tasdiqlanadi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining “O‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjati loyihasi joylashtirildi.
O‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish tartibiga ko‘ra, o‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar, ya'ni o‘rmon, o‘rmon-ov, ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar, milliy tabiat bog‘i va biosfera rezervatlarining (qo‘riqxona hududlaridan tashqari) o‘rmon muhofazasi xodimlari rahbarligida, xo‘jaliklar o‘rmon muhandislari tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
o‘rmon zararkunandalari va kasalliklari o‘choqlarini, sanoat va kommunal - maishiy ifloslanishlar hamda boshqa omillarning salbiy ta'sir doiralarini hisobga olgan holda fitopatologik kuzatuv tadbirlarini amalga oshirish;
entomologik va fitopatologik kuzatuv natijasiga ko‘ra o‘rmon zararkunandalari yashash tarzi, rivojlanish bosqichlari, ozuqa o‘simliklari, qishlov fazalarini aniqlash;
o‘rmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi har yili may-iyul oylarida daraxtlarni 30 kunlik interval bilan ikki marta uyg‘unlashgan (biologik, kimyoviy va mexanik) ishlovlarni amalga oshirish;
o‘rmon zararkunandalarining ommaviy ko‘payishi va o‘rmon kasalliklarining tarqalish o‘choqlarining yuzaga kelishi va kengayishining oldini olish, o‘rmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish.
O‘rmon zararkunandalari va kasalliklarining yashiringan o‘choqlarini zararlantirish yilning eng asosiy tadbirlari qatoriga kirib, ularni aniqlash uchun kunlik entomologik va fitopatologik kuzatuv, o‘rganishlar orqali hamda profilaktik tadbirlarini joriy etish tartibida olib boriladi.
O‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish tadbirlarini o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar tomonidan yoki ular ko‘magida amalga oshirilishi cheklanmaydi.
O‘rmon daraxtlari va boshqa o‘simliklarini himoya qilish vositalarining qo‘llanilishi ta'qiqlangan yoki cheklangan faol va nofaol ingrediyentlarini maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi va qo‘llanilishi ta'qiqlangan yoki cheklangan faol hamda nofaol ingrediyentlar reyestriga kiritishi orqali amalga oshiriladi.
Zararlangan hududlarda ishlatilgan preparatlarning aholiga ta'sir etmaslik choralarini ko‘rish va profilaktik tadbirlarini amalga oshirish ishlari olib boriladi.
O‘rmon daraxtlari va boshqa o‘simliklarini o‘rmon zararkunandalari, kasalliklaridan va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya qilish vositalari bilan ishlayotganda ehtiyot choralari sifatida iste'molchilarni ehtiyot choralari to‘g‘risida ma'lumot bilan ta'minlash maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qo‘llash va saqlashga doir ma'lumot hamda ogohlantiruvchi markirovkasi bo‘lgan idish yorlig‘ini taqdim etishlari shart.
O‘rmon daraxtlari va boshqa o‘simliklarini muhofaza qilish vositalarini tashish, qo‘llash va saqlash to‘g‘risidagi tavsiyanomalarning shakli
va ularni tasdiqlash tartibiga hamda idish yorlig‘iga nisbatan qo‘yiladigan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
O‘rmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarida – tadbir nomi, o‘tkazish muddatlari, zararkunanda va kasalliklar nomi, tadbirlar va ularning bajarilish mexanizmlari aks etadi.
O‘rmon daraxtlari va boshqa o‘rmon o‘simlik dunyosiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli zararkunandalar, begona o‘tlar, turli xil o‘simlik kasalliklari va boshqa materiallarni olib kelinishi va tarqalishini oldini olish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
O‘rmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari mexanik, biologik va kimyoviy usullar orqali amalga oshiriladi.
Mexanik usul – o‘rmon daraxtlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi yerda olib boriladigan kurashish usulidir.
Ushbu usulda o‘rmon barpo etiladigan maydonlarni ko‘chat o‘tkazishga tayyorlash, daraxtlarning yaxshi rivojlanishi uchun o‘z vaqtida o‘rmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish ishlari amalga oshiriladi. Kuz va qish mavsumida yer yaxshilab haydalganda va yumshatib turilganda tuproqdagi har xil zararli hasharotlar rivojlanishi to‘xtatiladi va yo‘q qilinadi.
O‘rmonlarda ko‘chatlar ekilgan yerning qator oralari traktorga tirkalgan agregatlar bilan ishlanib, qatorlardagi ko‘chat oralari yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanib boriladi.
Mexanik usuldagi kurash ishlari yil davomida yoki mavsumiy tarzda olib borilishi mumkin.
O‘rmon daraxtlarining zararkunanda va kasalliklarga qarshi yerda olib boriladigan mexanik kurash usullari asosan zararkunandalar oz bo‘lgan yoki endigina tarqalayotgan joylarda qo‘llaniladi. Uch-to‘rt yoshdagi daraxt va butalarning zararkunandalari silkitish yordamida yig‘ishtirib olinib yo‘q qilinadi, ya'ni zararkunandalarning tuxumlari mexanik usul yordamida yig‘ib olinib, kuydiriladi.
O‘rmon daraxtlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi mexanik usulda kurashishda daraxtlar tanasi atrofiga ishlov berish, kasallik keskin tarqalgan maydonlarda mavsumiy kurashish ya'ni kuz mavsumining o‘rtalarida daraxtlar tanasiga belbog‘lar o‘rnatish va qish mavsumi tugashi arafasida bahor mavsumiga qadar belbog‘lar daraxt tanasidan yechib olinib xavfsiz bir joyga jamlanadi va kuydirish ishlari olib boriladi.
Ikkilamchi o‘rmon zararkunandalarini osonlik bilan yo‘qotish maqsadida ular uchun maxsus joylarga yangi kesilgan daraxtning shox-shabbalari to‘plab qo‘yiladi, ushbu shox-shabbalarda ular o‘rnashadi. Fitopatologik kuzatuv natijalari bilan zararlangan to‘plamlar kuydirib tashlanadi.
O‘rmon daraxtlarining zararkunanda va kasalliklarga qarshi mexanik kurash tadbirlarida zamonaviy texnologik jarayonlar - zamonaviy texnik vositalar orqali kamaytirish yoki yo‘q qilish orqali ham amalga oshiriladi.
Biologik usul – o‘rmon daraxtlarining zararkunandalari, kasalliklariga qarshi yerda olib boriladigan alohida ahamiyatga ega tadbir hisoblanadi.
O‘rmon daraxtlarining zararkunandalariga qarshi biologik usulda kurashish - o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan o‘xshash biologik moddalar, sun'iy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan o‘simlik, boshqa organizmlar yoki almashlab ekish vositasida kurashish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bu usulda asosan zararkunandalarga qarshi kurashish uchun entomofagalar qo‘llaniladi. O‘rmon zararkunandalari tuxum qo‘yish vaqtida, ya'ni may - iyun oylarida trixogramma, lichinkalar paydo bo‘lganda oltinko‘z, kemiruvchi kapalak qurtlariga qarshi brakonlar, feramon tutqichlar, barg kemiruvchi kapalak qurtlariga qarshi Prestij va hasharotxo‘r qushlardan foydalaniladi.
Kimyoviy usul – o‘rmon daraxtlari zararkunandalari, kasalliklariga qarshi kurashda sun'iy ravishda yaratilgan kimyoviy moddalar, pestitsidlar vositasida kurashish asosida amalga oshiriladi.
O‘rmon daraxtlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi yerda va havodan olib boriladigan usullari hisoblanadi. Bunda qalqondorlarga, o‘simlik bitlari va kanalariga, kurtak bo‘rtish davridagi zararkunandalar ya'ni shahar mo‘ylovdori, sassiq daraxtxo‘rlariga, kurtaklar yozilib bo‘lgandan so‘ng birinchi barglar hosil bo‘lgunicha, tana va bit zararkunandalariga, barg bitlari, kanalar, barg kemiruvchilar, yog‘ochxo‘rlar, po‘stloqxo‘rlar, tilla-qo‘ng‘izlarga qarshi vegetatsiya davrida atrof-muhitga ta'sir qilmagan holda kimyoviy vositalar yordamida kimyoviy kurash usullari qo‘llaniladi.
O‘rmon daraxtlari zararkunanda va kasalliklariga qarshi kimyoviy ishlov berishda foydalaniladigan kimyoviy vositalar “O‘zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi” tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro‘yxati”ga muvofiq belgilanadi.
Kimyoviy vositalardan foydalanish va qo‘llash jarayonida inson va tabiatga salbiy ta'sir qilishni oldini olish maqsadida, kimyoviy preparatlarni qo‘llanish tartibiga rioya qilinishi talab etiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

17:03 / 04.12.2024
Termitlar tufayli yaroqsiz holga kelgan uy egalariga boshqa uy-joy beriladi

19:18 / 25.09.2024
Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi

13:02 / 11.07.2019
Meksikalik “mehmon”: Undan qanday qutulish mumkin?

11:29 / 08.06.2018