«MYu» murabbiyligi uchun ikki nomzod asosiy da'vogar

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiy izlash ishlarini davom ettirmoqda.
The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, jamoani doimiy asosda boshqarish uchun asosiy nomzod – «Tottenhem» ustozi Maurisio Pochettino hisoblanadi.
The Times nashri ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil yozida murabbiy bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzgan «Tottenhem» bu shartnoma bekor qilinadigan taqdirda 34 million funt miqdorida tovon puli talab qiladi (murabbiyning qolgan 4 yil davomida oladigan maoshi miqdori).
The Telegraph nashri xabar qilishicha, «Manchester Yunayted» «Tottenhem»ga murabbiyning 5 yillik shartnomasi uchun ko‘zda tutilgan 42 million yevroni to‘lashga tayyor.
Qayd etish kerakki, 2014 yildan buyon «Tottenhem»ni boshqarib kelayotgan argentinalik mutaxassis rahbariyatning transfer siyosatidan norozi bo‘lmoqda. U mavsum yakunida yo‘l olishi mumkin bo‘lgan jamoalardan yana biri «Real» hisoblanadi.
O‘z navbatida «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham «Manchester Yunayted»ga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida.
As nashri ma'lumotiga ko‘ra, Zidanda «Manchester Yunayted» tomonidan berilgan taklif mavjud. U taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Zidan «Yuventus»da yoki Fransiya terma jamoasida ishlashni istagan, ammo yaqin vaqt ichida buning imkoni yo‘qligini tushunib turibdi. Shu tufayli u «MYu» variantini o‘rganib chiqmoqda.
Zidan Madriddan ketgach, ko‘p bor uning nomi Manchester bilan bog‘langandi.
18 dekabr kuni «MYu» qoniqarsiz natijalar uchun Joze Mourinoni iste'foga chiqardi, jamoa APLda 17 turda faqat 7 o‘yinda g‘alaba qozondi va ayni vaqtda 26 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan. «Qizil iblislar» chempionat peshqadami «Liverpul»dan 19 ochko ortda qolib ketishgan.
19 dekabr kuni Mourinoning o‘rniga jamoaning sobiq futbolchisi Ole-Gunnar Sulsher mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarib turadigan bo‘ldi.
Avvalgi xabarlarda «MYu» rahbariyati Zidanga taklif bilan chiqqani, ammo u mavsum o‘rtasida bu klubni qabul qilib olishga tayyor emasligi aytilgandi.
«MYu»ga doimiy asosda bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatorida, Pochettino, Zidan va Sulsherdan tashqari Loran Blan hamda Antonio Konte nomzodlari ham bor.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan

11:41 / 18.04.2025