Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Silvestr Stallone va Robert De Niro boks “jangi” o‘tkazishdi (video)

Foto: Reuters
Gollivudning keksa aktyorlaridan biri Silvestr Stallone Instagram’dagi sahifasida ikki karra “Oskar” sohibi, aktyor Robert De Niro bilan boks tushayotgani videosini joylashtirdi.
“Bir necha yil avval men Robert De Niroga boks xoreografiyasini ko‘rsatgandim. Quturgan buqa Italyan ayg‘iriga qarshimi? Sen kimning yutishiga tikkan bo‘larding?”, deb yozgan Stallone.
1980 yilda ekranlarga rejissyor Martin Skorsezening De Niro ishtirokidagi “Quturgan buqa” filmi chiqqan. Filmda aktyor afsonaviy amerikalik bokschi Jyeyk Lamottaning rolini ijro etgan. Aktyor aynan shu roli uchun ikkinchi “Oskar”iga sazovor bo‘lgan.
Stallonening aktyorlik faoliyatida bunday rollardan talaygina uchraydi. Jumladan, u rejissyor Jon G.Evildsenning “Rokki” filmi va uning keyingi qismlarida suratga tushgan.
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025