O‘FA Aziz Turg‘unboyev ishini ko‘rib chiqadi

Foto: «Navbahor» matbuot xizmati
O‘tgan mavsumni “Navbahor” safida yakunlagan va ayni vaqtda kimga tegishli ekanligini o‘zi ham bilmayotgan Aziz Turg‘unboyev masalasi Professional futbol ligasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqiladi.
Tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Turg‘unboyevning PFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan va “Navbahor”ga tegishli bo‘lgan shartnomasi 2018 yilning noyabr oyi so‘ngida o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari o‘tgan yilning so‘nggi oyida futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkazishga urinib ko‘rdi. Biroq transfer oynasi 17 dekabr sanasida ochilishidan kelib chiqib, PFL har ikki tomon shartnomasini ham qabul qilmadi.
Shu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg‘unboyev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo‘ygan futbolchi “Navbahor” safida xorij yig‘inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo‘lladi”, – deyiladi xabarda.
Xabar berilishicha, mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O‘FAning Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasiga oshirilgan.
“Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlaydi. Unda “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari bosh hamda sport direktorlari, futbolchi Aziz Turg‘unboyevning o‘zi va mazkur masala yuzasidan ma'lumotga ega deya taxmin qilinayotgan boshqa shaxslar ishtirok etadi”, – deya qayd etilgan PFL xabarida.

“Professional futbol ligasi mazkur masala yuzasidan ma'lumotlarni, faktlarni jamoatchilikka taqdim qilib boradi. Qolgan futbolchilar va klublar bunday vaziyatga tushib qolmasliklari yo‘lida bu muhimdir. 2019 yilgi mavsumdan e'tiboran PFL shartnomalar masalasiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Tashkilot futbol klublari bilan shu yo‘lda ishlash va shartnomalarni hurmat qilishi yuzasidan ishlarni allaqachon boshlagan”, – deya eslatib o‘tilgan PFL bayonotida.
O‘z navbatida, O‘FA ham mazkur masalada rasmiy bildirish bilan chiqdi, unda muxlislar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan videomurojaatlarga to‘xtalib o‘tiladi.
«Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi muxlislar tomonidan Aziz Turg‘unboyev masalasi bo‘yicha turli videomurojaatlari e'lon qilinmoqda. O‘FA bu videomurojaatlarni ko‘rib chiqdi va u yerdagi muxlislar fikrini hurmat qilishini ma'lum qiladi.
Shu bilan birga futbolchining transferi bilan bog‘liq huquqiy masala videomurojaatlar asosida emas, qonuniy yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini ham eslatib o‘tadi.
Tomonlar bir stol atrofida o‘tirib, yuzma-yuz holda futbolchi va uning agenti ishtirokida muhokama olib borishadi. Agar bu masalada biror klub aybdor bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda jazolanadi. Agar ayb futbolchida bo‘lsa, futbolchi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin», – deyiladi O‘FA rasmiy saytidagi xabarda.
Assotsiatsiya o‘z bayonotida «mazkur masala tegishli tartibda hal qilingunga qadar muxlislardan turli gap-so‘zlarga uchmay, oqilona yo‘l tutishni va O‘FAning yakuniy qarorini kutish hamda o‘sha qarorni hurmat qilishni» so‘ragan.
O‘FA mazkur ish ko‘rib chiqilishi muddati to‘g‘risida ma'lumot bermagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
-
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport | 20:32
Mavzuga oid

22:06 / 08.02.2024
«Sivasspor» klubi Azizbek Turg‘unboyev transferini e’lon qildi

12:27 / 28.01.2021
«Paxtakor» Aziz Turg‘unboyev transferini e'lon qildi

14:59 / 17.07.2019
O‘FA Turg‘unboyev bo‘yicha bayonot berdi. Xalqaro yuridik tashkilot u hamon «Paxtakor» futbolchisi ekanini aniqladi

15:23 / 05.02.2019