Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi: uni buzgan jurnalistlar javobgarlikka tortiladi

Foto: Depositphotos
Fuqarolarning xolis, ishonchli axborot olishlari, shuningdek, jurnalistlarning fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan holda haqqoniy va obektiv ma'lumot tayyorlashi va ularni yetkazishini ta'minlash maqsadida jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga ko‘ra, bu ommaviy axborot vositalarining o‘z-o‘zini boshqarish usuli bo‘lib, bu borada hech qanday sud yoki vakolatli davlat idoralari aralashmaydi.
Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda mas'uliyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.
Jurnalistlarning kasbiy majburiyatlari, ularning mas'uliyatlarini himoyalash, halol raqobat va jurnalistlar birdamligi – kodeksning bosh tamoyillaridan hisoblanadi.
Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi prinsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar kodeksda belgilangan tartibga ko‘ra javobgarlikka tortiladilar.
Kodeks "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (BMT Bosh Assambleyasi, 1948 yil), "Xalqaro jurnalistika professional etika tamoyillari" (YuNeSKO, 1983 yil), «Xalqaro jurnalist axloqi tamoyillari deklaratsiyasi» (Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining Jahon kongressi, 1954 yil) kabi hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunchiligi qoidalari asosida ishlab chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari
Jahon | 13:53
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 13:42
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
Mavzuga oid

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

12:14 / 30.04.2025
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

13:36 / 29.04.2025
O‘zbekistonda Ekologiya kodeksi qabul qilinadi

12:30 / 29.04.2025