NASA Kamchatkada yirik meteorit portlashi yuz bergani haqida ma'lum qildi

2018 yil dekabrda Rossiyaning Kamchatka yarimoroli sohillari yaqinida oxirgi bir necha yil ichidagi eng yirik meteorit portlashi yuz bergan. Bu portlash aholi punktlaridan ancha uzoqda yuz bergani sababli koinotdan kelgan “mehmon” deyarli payqalmagan. Bu haqda NASA’ning planetar himoya xodimi Lindli Jonsonga iqtibos keltirgan holda BBC xabar berdi.
Meteorit atmosferada barbod bo‘lishi vaqtida Xirosimaga tashlangan atom bombasidan 10 marta kuchliroq energiya ajratgan. Jonsonning tushuntirishicha, bunday yirik meteoritlar Yerga 100 yil ichida 2-3 martadan ko‘p tushmaydi.
NASA’da ta'kidlanishicha, meteorit atmosferaga 18 dekabr tush vaqtida soniyasiga 32 kilometr tezlik bilan 7 darajali burchak ostida kirgan. U sayyoramiz sirtidan 25,6 kilometr balandlikda parchalanib ketgan. Portlash kuchi trotil ekvivalentida 173 kilotonnani tashkil qilgan.
Bu portlashda 2013 yilda Yerga tushgan Chelyabinsk meteoriti energiyasining 40 foiziga teng energiya ajragan. Bu safargi meteorit qulashi Bering dengizi ustida yuz bergani sababli meteorit e'tiborsiz qolgan.
“Bizning himoya arsenalimizdagi yana bir narsa – sayyoramizda suvning ko‘pligidir”, deb aytgan NASA menejyeri Kelli Fast.
Meteoritning atmosferada portlaganini AQSh harbiy sun'iy yo‘ldoshlari qayd qilgan, shundan keyin Pentagon bu haqidagi ma'lumotni NASA’ga bergan. Shuningdek, meteoritning qulashini Yaponiyaning Himawari sun'iy yo‘ldoshi ham qayd qilgan.
Oxirgi yillarda eng yirik meteorit qulashi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qayd qilingan. Samo jismi 2013 yil 15 fevralda Yer bilan to‘qnashgan. Asteroid o‘lchami ko‘ndalangiga 19,8 metrni tashkil qilgan. Meteoritning atmosferada parchalanishida tortil ekvivalentida 440 kilotonnalik zarba to‘lqinlari hosil bo‘lgan. 1,5 ming kishi jarohat olgan. 16 oktyabrda meteoritning 600 kgga yaqin eng katta bo‘lagi Chebarkul ko‘li tubidan chiqarilgan.
2005 yilda AQSh kongressi NASA mutaxassislariga 2020 yilgacha Yer bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan va diametri 140 metrdan kattaroq 90 foiz asteroidlarni aniqlashni topshirgan. Bunday samo jismlari katta hududlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Biroq olimlarning fikricha, kongressning topshirig‘ini bajarishga yana 30 yilcha kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi

18:50 / 18.10.2024
Kamchatkada migrantlarni ishga olish taqiqlangan yo‘nalishlar ko‘paytirildi

17:23 / 15.10.2024
Ikki oydan beri dengizda suzib yurgan erkak Kamchatka qirg‘oqlarida qutqarib olindi. Uning hamrohlari halok bo‘lgan

21:32 / 10.09.2024