Suv xo‘jaligi vaziri: «2030 yilga qadar 50 foiz maydonlarda tomchilatib sug‘orishga o‘tamiz»
Bugun, 12 sentabr kuni soat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.
Tadbirda Respublikada asosiy ekin maydonlarini sug‘orishda hamon eskicha, bostirma sug‘orishga asoslanib qolinayotgani, shuningdek, lotok tarmoqlari, drenaj tizimlarining yangi texnologiyalarga asoslanmaganligi sababli, suv manbalarining 40 foizdan ortiq qismi ekin maydonlariga yetib borguncha bo‘lgan jarayonda yo‘qotilishi hamda bu borada Suv xo‘jaligi vazirligining ekin maydonlarini yangicha sug‘orish tizimiga o‘tish borasida aniq muddatga mo‘ljallangan rejasi bor yoki yo‘qligi borasida savol bilan murojaat qilindi.
«To‘g‘ri aytdingiz, sug‘orish jarayoni eskicha tizimga asoslangani uchun biz har yili ariq zovurlar ta'miri uchun trillionlab mablag‘ ishlatmoqdamiz. Aynan shu sababli, suvning katta qismi samarasiz yo‘qotiladi. Bu bizga eski davrdan qolgan katta meros.
Endilikda biz har bir loyihada mablag‘ tejash maqsadida texnik va iqtisodiy asosiga e'tibor qaratmoqdamiz.
Bizda endilikda reja asosidagi melioratsiya dasturlari ishlab chiqilib, amalga kiritilmoqda. Bunday dasturlardan birinchisi 2008-2012 yillar uchun, ikkinchisi 2013-2017 yillar va uchinchisi 2018-2022 yillar uchun mo‘ljallangan. Hozirda biz o‘sha uchinchi dastur asosida ishlayapmiz. Bu bizning yaqin yillar uchun rejamiz.
Xabaringiz bor, hozirda Respublika qishloq xo‘jaligining 2030 yilgacha bo‘lgan uzoq yillik dasturi ishlab chiqilmoqda. Mana shu konsepsiya asosida kamida 10 yil ichida 2 million, ya'ni, 50 foiz sug‘oriladigan ekin maydonlarimiz tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilinadi. Bu esa juda katta marra va mashaqqatli ish. Buning uchun katta subsidiyalar ajratilyapti. Biz buni uddalaymiz», deya O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Foydalanishga topshirilgan obekt kamchiliklarini bartaraf etish xarajati qoplanadi
O‘zbekiston | 10:25
-
Ispaniya va Fransiya o‘yinida 9 ta gol urildi
Sport | 10:24
-
Mers Trampga Ukrainadagi urushni birgalikda tugatishni taklif qildi
Jahon | 10:23
-
Xalqaro qidiruvga berilgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Jamiyat | 10:04
Mavzuga oid

17:06 / 19.12.2024
Bog‘dorchilikda tomchilatib sug‘orish: nega ishlar sur’ati sust?

18:55 / 14.02.2024
“Omad start” kompaniyasi yangi mavsum oldidan yutuqli aksiya e’lon qiladi

16:38 / 16.08.2023
Suvni tejash orqali hosildorlikni oshirayotgan fermerlar bilan suhbat

19:31 / 07.07.2023