To‘y egasi to‘yga qo‘shib, ko‘pkari ham uyushtirsa, cheklovlar nima bo‘ladi?

To‘y-hashamlarni o‘tkazish borasidagi cheklovlar ko‘pkari va kurash kabi umumxalq o‘yinlariga daxldor emas, deb ma'lum qildi To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Iqbol Mirzo.
Komissiyaning ilk yig‘ilishi bugun, 20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov belgilangan cheklovlarning ko‘pkari va kurashga aloqasi bor-yo‘qligi masalasini aniqlashtirish maqsadida savol bilan murojaat qildi.
«Ayrim oilalar to‘y bilan birgalikda ko‘pkari, kurash o‘yinlarini ham o‘tkazadi. Ularda bir paytning o‘zida 10-20 ming, hatto 50 minggacha odam yig‘iladi. Odamlarga qozon-qozon osh damlanadi. Tabiiyki, bu - bizning qadriyatimiz.
Endi bitta savol tug‘iladi: biz ko‘pkari, kurash o‘tkazishni ham taqiqlaymizmi? Agar shunday qilinsa, bu bitta qadriyatimizning yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkin», – deya izoh so‘radi Nazarbekov.
Komissiya raisi Iqbol Mirzo savolga javob berar ekan, bu o‘yinlarni to‘y-hashamlarga bog‘lash noto‘g‘riligini aytdi.
«Uloq, kurash kabi qadriyat darajasidagi xalq o‘yinlarini o‘tkazishga hech qanaqa cheklov yo‘q. Ularni to‘y-hashamlarga bog‘lash noto‘g‘ri», dedi u.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

08:35 / 24.05.2024