Respublika YHXBB rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Olim Saidov
Polkovnik Olim Choriqulovich Saidov Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U bu lavozimda uzoq yillar davomida ishlab kelgan Xolmatjon Axmatovich Saydaliyev o‘rnini egalladi. Olim Saidov 2018 yil oktyabridan buyon Yunusobod tuman IIB boshlig‘i edi. U 2017 yil sentabridan 2018 yil oktyabrigacha Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari va va Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Polkovnik Ulug‘bek Toshpo‘latovich Muhamedov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shu vaqtga qadar prezident administratsiyasida ishlab kelgan Ulug‘bek Muhamadiyev bu lavozimda uzoq yillar ishlagan polkovnik Badriddin Usmanovich Shorixsiyevni almashtirdi.

Bundan avvalroq Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari general-mayor Azizbek Isroilovich Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirining yana bir o‘rinbosari va PPX rahbari o‘zgargan.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Ichki ishlar vazirining jamoatchilik tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev va IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general mayor Dmitriy Pan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi. 23 noyabr kuni Bosh prokuratura general mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va unga nisbatan Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida «qamoqqa olish» qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Tramp Los-Anjyelesga dengiz piyoda askarlari va ko‘proq milliy gvardiyachilarni yubordi
Jahon | 08:00
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
Mavzuga oid

20:00 / 20.07.2024
Cheksiz qoidabuzarlik huquqi, sinovdagi Seagull va testdan yiqilgan “DTM” - hafta dayjesti

10:54 / 18.07.2024
Olim Saidov YHXX rahbarligidan ketdi

10:43 / 29.01.2024
Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi

17:23 / 28.07.2023