Jyeki Chan suratga olish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi

Foto: AR
Hollivud aktyori Jyeki Chan “Avangard” (The Vanguard) filmida suratga tushish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda The Straits Times nashri xabar berdi.
Voqea otishma sahnalaridan biri suratga olinayotgan vaqtda yuz bergan. 65 yoshli aktyorning ta'kidlashicha, u suratga olish vaqtida dengiz tubida toshlar orasiga tiqilib qolib, u yerdan chiqib keta olmagan.
Biroq mashhur aktyor vahimaga tushmagan, ammo qo‘rquvdan titray boshlagan. Shunda Channing hamkasblari yordamga kelib, uni suvdan chiqarib olishgan.
“Birdaniga men qo‘rquvni his qildim va vujudim titray boshladi. Men shunday osongina o‘lishim mumkin edi. Suvdan chiqqanimda rejissyor Stenli Tonga hattoki ko‘ziga yosh olgan”, deb eslaydi o‘sha voqeani aktyor.
Uning ta'kidlashicha, u rejissyorni hammasi joyidaligiga ishontirgach, ko‘p o‘tmay suratga olish ishlari davom ettirilgan.
Aktyor filmlarda murakkab sahnalarni o‘zi bajarishi bilan tanilgan. Shu sababli u bir necha marta oyoq-qo‘li, burni, soni, bo‘yni, qovurg‘alaridan jarohat olgan. Aktyor eng og‘ir jarohatlaridan birini “Tangri aslahalari” filmida suratga tushishi vaqtida olgan: Chan daraxtdan yiqilishi oqibatida boshidan og‘ir jarohat olib, deyarli o‘lim yoqasida bo‘lgan.
Aktyor ishtirokidagi “Avangard” filmi 2020 yil 25 yanvarda ekranlarga chiqadi. Xitoylik kinoijodkorlar suratga olgan filmda qo‘riqlash firmasining xitoylik millioner oilasining yollanma qotillar tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilishiga qarshilik ko‘rsatishi haqida so‘zlanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi

07:57 / 11.04.2023
Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi

11:07 / 27.02.2023
«Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi

12:14 / 02.01.2023