Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi sport federatsiyasi deb topildi

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi mamlakatda «Yilning eng yaxshi federatsiyasi» deb e'tirof etildi.
Bu yo‘nalishdagi milliy sport mukofotini 26 dekabr kuni «Navro‘z» tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorjon Toshxo‘jayev qabul qilib oldi.
Marosimda, shuningdek, yengil atletikachi Temur G‘iyosov O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi paralimpiyachisi deya e'tirof etildi. U joriy yilgi Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan edi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi sportchilari yakunlanib borayotgan yilda 18ta xalqaro musobaqada qatnashib, jami 33ta oltin, 16ta kumush va 18ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Hozirgi qadar o‘zbekistonlik 15 nafar paralimpiyachi 2020 yil Tokioda bo‘ladigan yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lib ulgurgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi
Jahon | 17:26
-
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi
O‘zbekiston | 17:19
-
Imtihon javoblarini o‘quvchilarga bergan o‘qituvchi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi
O‘zbekiston | 17:14
-
Rossiya O‘zbekiston notasidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqmoqda – Mariya Zaxarova
Jahon | 16:51
Mavzuga oid

14:41 / 11.09.2024
"Siz imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yana bir bor isbotladingiz" - Saida Mirziyoyeva paralimpiyachilarga minnatdorlik bildirdi

07:45 / 17.11.2022
Rossiya va Belarusning XPQdagi a’zoligi to‘xtatildi

18:35 / 18.11.2021
Toshkent yana bir sport musobaqasi mezbonligini qabul qiladi

17:43 / 08.11.2021