Erondagi aviahalokatga nima sabab bo‘lgani taxmin qilindi. Ukraina barcha yo‘lovchilar halok bo‘lganini tasdiqladi

Foto: AFP/Getty Images
Eronda halokatga uchragan Ukraina samolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaji halok bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» agentligiga Ukraina Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi boshlig‘i Vasil Kirilich «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari» dastlabki ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.
Avvalroq, layner bortidagi barcha insonlar halok bo‘lgani haqida Reuters Eron televideniyesiga asoslanib xabar tarqatgandi.
Serpihan pesawat Boeing 737 #PS752 yang jatuh beberapa jam yang lalu dari Teheran Iran menuju Ukraina pic.twitter.com/VnIJ8bfAY1
— FREE UYGHUR (@Warga_Bahagia) January 8, 2020
Kirilichning «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari» ma'lumotlariga tayangan holda ma'lum qilishicha, samolyot Tehrondagi Imom Xomayniy aeroportidan parvozga ko‘tarilgan va aeroportga yaqin hududda qulagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, «halok bo‘lgan Ukraina fuqarolari to‘g‘risida yangilangan ma'lumotlar qo‘shimcha ravishda beriladi».
Reuters’ning Eron Tashqi ishlar vazirligi vakiliga tayanib xabar berishicha, samolyotda 160dan ortiq inson bo‘lgan. Eronning Press TV telekanaliga ko‘ra, gap 169 kishi haqida bormoqda.
O‘z navbatida, aeroport rasmiy vakilining ma'lum qilishicha, yo‘lovchi samolyotning qulashiga dvigatelning yonib ketishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ukraina elchixonasi Tehronda qulagan Ukraina layneri qurbonlari shaxsini aniqlamoqda. Bu haqda «RIA Novosti»ga diplomatik missiya vakili «qaynoq liniya» orqali xabar berdi.
Hozirgi paytda elchixonada halokat qurbonlari haqida to‘liq ma'lumot yo‘q. «Biz tegishli tuzilmalar bilan aloqada bo‘lib turibmiz va halok bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzyapmiz», - dedi agentlik suhbatdoshi. Uning qo‘shimcha qilishicha, diplomatik missiya xodimlari Tehron aeroportida ishlamoqda.
Flightradar servisi ma'lumotlariga ko‘ra, gap PS752 reysi haqida bormoqda. Samolyot Tehrondan Toshkent vaqti bilan 6:42da uchgan va oradan ikki daqiqa o‘tib signal yuborishni to‘xtatgan.
Ushbu reys haqidagi ma'lumotlar «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari» saytida mavjud. U yerda samolyot Kiyevga soat 5:15da uchib ketgani ma'lum qilingan.
O‘z navbatida, Iordaniyaning Al-hadath nashri ma'lumotiga ko‘ra, samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu faqat versiyalardan biri ekani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

21:33 / 02.02.2025
Tehron maktablarida havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli darslar bekor qilindi

15:31 / 18.01.2025
Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildi

09:26 / 06.11.2024
Tehron: GFR fuqaroligiga ega eronlik o‘lim jazosidan oldin vafot etdi

10:50 / 23.10.2024