Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya 2030 yilga kelib 6G’ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Foto: REUTERS
Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi yanvar oyi oxiriga qadar Tokio universiteti mutaxassislari boshchiligida tadqiqot guruhi tuzishni rejalashtirmoqda. U «5G-posti» texnologiyasiga o‘tish strategiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, deya xabar berdi Gizmochina.
Yaponiyada beshinchi avlodga qaraganda o‘n baravar tezroq bo‘lgan 6G mobil aloqasi 2030 yilga qadar paydo bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalish bevosita vazir Takao Sanaega ishonib topshirilgan.
6G yuqori tezlikdagi kommunikatsiyasining paydo bo‘lishi kelajak jamiyatni konferens-zallar hamda maktab sinflari uchun golografik texnologiyalar bilan ta'minlash, shuningdek, inson miyasi yechishga qodir bo‘lgan hisoblash ma'lumotlarini real vaqt rejimida uzatish imkoniyatini beradi.
Yaponiya 6G’ning tadqiqoti va bu boradagi ishlanmalar uchun 2 milliard dollarlik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Yangi aloqa bugun ma'lumotni havo orqali uzatish bo‘yicha aqlga sig‘maydigan darajadagi tezlikni ta'minlab beradi - 100 Gbit/s.
Mavzuga oid

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

00:31 / 10.07.2025