Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Omonullo Nasriddinxo‘jayev Moliya vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Timur Ishmetov o‘rniga vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Foto: Omonulla Nasritdinxo‘jayev / Facebook
Omonullo Zabihullayevich Nasriddinxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma'lumot Kun.uz manbasi tomonidan tasdiqlandi.
Omonullo Nasriddinxo‘jayev shu vaqtgacha prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsiyalar va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi «SDA Bocconi» menejment maktabini tamomlagan, shuningdek, 2016 yilda Harvard Biznes maktabi ilg‘or menejment dasturini tamomlagan. U turli yillarda Alisher Usmonov boshqaruvidagi USM Holdings tarkibidagi kompaniyalarda faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Moliya vazirligining sobiq rahbari Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, vazirlik rahbarligiga shu vaqtgacha vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Timur Ishmetov tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 19:46
-
Bu yilgi may oyi O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi - «O‘zgidromet»
O‘zbekiston | 19:19
-
Hindistonda harakatdagi poyezddan tushib ketgan 6 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 19:08
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025