1 oktyabrdan boshlab darsliklar nashr etishda narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi
Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

Foto: Norma.uz
Prezident “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining:
2020 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika budjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta'lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda (qayta nashr etishda) narxlarni davlat tomonidan tartibga solishni (rentabellikning cheklangan darajasini belgilash) bekor qilish;
2020 yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tizimini joriy qilish;
2021 yil 1 yanvardan boshlab noshirlik va matbaa korxonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumdan Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qilish haqidagi takliflari ma'qullandi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
noshirlik va matbaa korxonalari, shu jumladan davlat buyurtmasini bajaruvchi korxonalar narxni shakllantirish siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin shakllantirish;
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, O‘zbekiston norezidentlari ham qatnashishi mumkin bo‘lgan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi;
tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan noshirlik va matbaa faoliyatini yuritishni boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
“O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘qituvchi matbaa uyi” davlat korxonalarini o‘rnatilgan tartibda xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish;
“Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga samarali foydalanish uchun o‘tkazish;
“O‘qituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korxonasi va Agentlik hududiy bo‘linmalari tizimidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari) nashriyotlar faoliyatini tugatish;
Agentlik tizimida “O‘zbekiston nashriyoti” davlat korxonasini tashkil etish, unga “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonalarini qo‘shib olish hamda “O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasining noshirlik bazasini, shu jumladan intellektual mulk obektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi
O‘zbekiston | 10:40
-
JCh saralashi: Italiya yirik hisobda yutqazdi, Belgiyada ham muvaffaqiyatsiz start
Sport | 10:40
-
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi
Jahon | 10:22
-
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 10:06
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025