Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda daraxtlarni ag‘dargan kuchli shamol boshqa hududlarga ham yetib kelishi kutilmoqda

Foto: FVV
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatlari aks etgan fotosurat va videolavhalar tarqaldi.
Ularda kuchli shamol ayrim inshootlarning tomini uchirib ketgani, ko‘chalarda daraxtlar ag‘darilib yotgani tasvirlangan.
Shuningdek, suratlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etayotgani aks etgan.
Avvalroq «O‘zgidromet» bugun Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ertaga, 28 aprelda kunduzi va 29 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28 aprelda ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025