Avtomobilda futbol. Angliya Premer-Ligasi avtokinoteatrlarda namoyish qilinadi
Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin sharoitida ko‘plab mamlakatlarda avtokinoteatrlar yana ommabop bo‘lib bormoqda.

Angliya Premer-Ligasida mavsum davom ettiriladigan bo‘lsa, muxlislar yopiq stadion va pablar o‘rniga o‘yinlarni ochiq osmon ostidagi maxsus avtokinoteatrlarda tomosha qilishi mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi BBC.
APL klublari bu haftada mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi. Iyun oyida esa koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan mavsumni davom ettirish rejalashtirilmoqda. Ammo o‘yinlar bo‘sh tribunalar ostida o‘tkaziladi. Britaniyaliklar yaxshi ko‘radigan bar va pablar esa yaqin orada ochilmaydi.
Bunday vaziyatda 4TheFans kompaniyasi «Drive-In Football» tashkil qilib, o‘yinlarni London, Manchester, Liverpul va boshqa shaharlardagi avtomobillar kinoteatrlari ekranida namoyish qilishni rejalashtirmoqda.
Ammo baribir muxlislarga bir joyda to‘planish imkoni berilmaydi. Avtokinoteatrlarda ham ijtimoiy masofani saqlash talab qilinadi. Har kim o‘z avtomobilida o‘tirgan holda o‘yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
So‘nggi oylar davomida Yevropada ko‘plab ko‘ngilochar maskanlari yopildi, ammo birin ketin yangi avtokinoteatrlar ochilmoqda. Mashinadan tushmagan holda film tomosha qilish imkonini beruvchi bunday avtokinoteatrlar o‘tgan asrning 50-60 yillarida Amerikada juda mashhur bo‘lgan.
Avtokinoteatrlarda epidemiologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish imkoniyati bor: avtomobillar bir-biridan kamida 2 metr masofada joylashtiriladi, seans vaqtida undan tushish mumkin emas, ba'zi joylarda avtomobil ichidagi odamlar soni 2-3 nafardan oshmasligi belgilangan, ichimlik va popkorn buyurtma berish imkoniyati bor, uni niqob va qo‘lqop taqqan kurerlar yetkazib berishadi. Zamonaviy avtokinoteatrlarda tovush mashinadagi radiopriyomnik orqali translatsiya qilinadi.
Yangi avtokinoteatrlarning katta ekranlarida nafaqat kino namoyish etiladi, balki sahnada konsertlar, hatto diniy marosimlar ham bo‘lib o‘tadi.
Deutsche Welle hisob-kitobiga ko‘ra, pandemiyaga qadar Germaniyada 20ta avtokino bor edi. Mart-aprel oylari davomida esa yana 30tasi ochildi va ular har doim mijozlar bilan to‘la.
Fransiyaning Bordo shahrida Drive-In Festival nomli avtokinoteatr ochildi. 24 maydan boshlab, tashkilotchilar mamlakatning turli shaharlariga turne uyushtirishni rejalashtirishgan.
Kinofestivali bilan mashhur bo‘lgan Kann shahridagi Palm Beach mehmonxonasi avtoturarjoyida vaqtinchalik avtokinoteatr tashkil qilindi. Keyingi haftadan boshlab bunday kinoteatrlar Fransiyaning boshqa shaharlarida ham ochiladi.
May oyida Estoniyadagi savdo markazi avtoturarjoyida mamlakatdagi birinchi avtokinoteatr tashkil etildi. Litvaning Vilnyus shahridagi ko‘rgazmalar markazi va aeroport hududida 2ta avtokinoteatr ish boshladi.
Rossiyaning Kaliningrad va Novosibirsk shaharlarida «Karo» avtokinoteatrlar tizimi ishga tushirildi. Yaqin orada Moskva, Peterburg va Qozon shaharlarida yana 6ta shunday maskan foydalanishga topshiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida
O‘zbekiston | 18:12
-
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12
-
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi
O‘zbekiston | 17:10
-
Qirg‘iziston deportatsiya boshlaydi, Turkmaniston AQShdan xafa, To‘qayev vazirlarini haydadi
Jahon | 15:39
Mavzuga oid

00:05 / 31.10.2021
APL. Ronaldu Sulsherni qutqardi, «Siti»da sensatsion mag‘lubiyat, «Liverpul»da durang, «Chelsi»da yirik g‘alaba va boshqa natijalar

22:25 / 23.11.2019
APL. «Liverpul»da qiyin g‘alaba, «Arsenal» mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi va boshqa natijalar

21:05 / 28.09.2019
APL. «Tottenhem» kichik farq bilan «Sauthempton»ni yengdi va boshqa natijalar

23:20 / 24.08.2019