Prezident yangi qonunni imzoladi: Mahalliy kengashlarning o‘z kotibiyati bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 21 avgust kuni qabul qilingan, Senat tomonidan 11 sentabr kuni ma'qullangan.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Qabul qilingan Qonunning amaliyotdagi ahamiyati quyidagilar quyidagilar bilan izohlanadi:
mahalliy Kengashlarning hududlar kesimida muhim qarorlar qabul qilish, mahalliy davlat organlari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha rolini yanada oshirishda ularni tashkiliy, texnikaviy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlovchi bo‘linmalarni tashkil etish zarurati mavjud edi;
mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini ta'minlashga ko‘maklashuvchi bo‘linmalar mavjud emasligi hokimliklarning apparati (Tashkiliy-nazorat guruhlari) tomonidan o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalarning amalga oshirilishiga sabab bo‘lmoqda;
Prezidentning 2018 yil 17 avgustdagi PF–5515-son farmoniga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlari kotibiyatlari faoliyati bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan eksperimentning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi hududlarda ham shunday samarali tizimni joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda Toshkent shahri va uning tumanlari Kengashlarida tuzilgan kotibiyatlar Senat va tegishli mahalliy Kengashlar o‘rtasida “asosiy ko‘prik” vazifasini bajarib, samarali faoliyat yuritib kelmoqda
Qonunning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1) mahalliy Kengashlar faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish tegishli Kotibiyat tomonidan ta'minlanadi;
2) Kotibiyat yuridik shaxs hisoblanadi va uning faoliyati tegishli mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtiriladi;
3) Kotibiyat tuzilmasi, nizomi, shtatlari va moddiy-texnika ta'minoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan tasdiqlanadi;
4) Kotibiyat xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mahalliy Kengashlarning vakolat muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi (bundan Kotibiyat mudiri mustasno);
5) Kotibiyat mudiri tegishli mahalliy Kengash deputatlari orasidan mahalliy Kengash tomonidan uning vakolat muddatiga tayinlanadi;
6) Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o‘z nomi tushirilgan muhriga hamda blankiga ega bo‘ladi;
7) Kotibiyatning namunaviy nizomi va namunaviy tuzilmasi Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qabul qilingan Qonundan kutilayotgan natijalar:
mahalliy davlat hokimiyati tizimida hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilining amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta'minlash uchun dadil qadam tashlanadi;
mahalliy Kengashlar a'zolari tomonidan davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining faoliyati, shuningdek Davlat dasturlarining hududlar kesimida ijro etilishi ustidan ta'sirchan deputatlik nazorati ta'minlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi;
mahalliy ijro organi apparatlari (Tashkiliy-nazorat guruhlari) mahalliy vakillik organlariga tashkiliy masalalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish kabi o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalardan soqit qilinadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Jahon | 13:35
-
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi
Jamiyat | 13:27
-
YeMB tanaffusdan oldin yana asosiy stavkalarni pasaytiradi
Iqtisodiyot | 13:14
Mavzuga oid

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

09:52 / 21.02.2025