«Neftchi» – «Turon» o‘yinidagi tartibsizlik ishtirokchilaridan 8 kishi qo‘lga olindi. Hakamni tepgan futbolchi kimligi ma'lum
Farg‘onada «Neftchi» va «Turon» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin (0:1) yakunida ommaviy tartibsizlikda ishtirok etgani uchun 8 kishi qo‘lga olingan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: O‘zA
Qo‘lga olinganlar ichida futbolchilar yo‘q. Jamoalar o‘yindan keyin to‘liq tarkibda avtobusga o‘tirib ketishgan.
Aniqlanishicha, «Neftchi»ning hakamni tepgan futbolchisi Jamshid To‘raqulov bo‘lgan.

Hakamlarda tashqi jarohatlar aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular ekspertiza uchun tekshirilgan. Hakamga tashlangan va unga zarba bergan «Neftchi» futbolchilariga qanday chora ko‘rilishi aniq emas.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy kanalida ham ushbu o‘yindan keyingi holatlar bo‘yicha bayonot berildi.
«Neftchi» – «Turon» uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga qonuniy baho beriladi», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onaning ikki jamoasi «Neftchi» va «Turon» Proliga g‘olibligi va Superliga yo‘llanmasi uchun maydonga tushgandi.
O‘yin yakunlanishi arafasida «Turon» darvozasi tomon berilgan zarbadan keyin to‘p mehmonlar himoyachisining bilagiga tegib qaytdi. Maydon egalari bu vaziyat uchun penalti berilmaganidan norozi bo‘lishdi. O‘yin yakunlangach esa «Neftchi» futbolchilari uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev va uning yordamchilari Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavovga keskin norozilik bildirishdi. Bu vaqtda maydonga muxlislar ham tushib kelishgandi. Mezbon futbolchilardan biri hakamga akrobatik uslubda zarba berdi, u huquq-tartibot organlari yordamida futbolchilar va muxlislar ta'qibidan qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi, xabarlarda qanot hakamlaridan birining boshi yorilgani aytildi.

Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonda Dreamliner halokati: falokatga nima sabab bo‘lishi mumkin?
O‘zbekiston | 21:10
-
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:16
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
-
Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 14 kun davom etishi mumkin
Jahon | 19:05
Mavzuga oid

16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida

10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi

22:12 / 20.09.2023
Turon cho‘llari YuNeSKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

14:11 / 12.08.2023