Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi
G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019 yil dekabrda jang o‘tkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Foto: Getty Images
Hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov (8-1-0, 5 KO) 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Fazliddinga Pyatigorsk shahrilik Manuk Dilanyan (11-4-1, 4 KO) raqiblik qildi.
Fazliddin raqibining aniq zarba berishiga imkoniyat qoldirmadi. Sakkiz raund bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan jangning 3–raundida Dilanyan jigariga berilgan kuchli zarbadan so‘ng referi hisobni ochdi. Uni tanaffusga chalingan bong qutqarib qoldi.
Butun jang davomida ustunlik qilgan o‘zbekistonlik bokschi hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘olib deb e'lon qilindi.
G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019 yil dekabrda jang o‘tkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025