«O‘zmilliybank»: aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga hissa qo‘shilmoqda
Joriy yilning 12-13 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududni kompleks rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi etib tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish belgilandi. 2021 yil Qashqadaryo viloyatida «Tadbirkorlikni rivojlantirish yili» deb e'lon qilindi. Manzilli tadbirlarni tashkil etish maqsadida viloyatning tuman va shaharlariga vazirliklar, tarmoq va tijorat banklari mas'ul etib biriktirildi.
Bunda viloyatning shahar va tumanlaridagi tijorat banklar tomonidan aholida, birinchi navbatda yoshlar va ayollarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun doimiy o‘qishlarni tashkil etish, tadbirkorlarning biznes-rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish vazifasi yuklandi.
Xususan, topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor hamda Dehqonobod tumanlarida «O‘zmilliybank»ning «Tadbirkorlikka o‘qitish markaz»lari ish boshladi.
«O‘zmilliybank» AJ tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan markazlar, aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishi va manfaatdorligini oshirishga, tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini joriy etish, tadbirkorlik ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar va turli kichik biznes vakillari loyihalarini moliyalashtirish orqali ularning faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Barcha zamonaviy qulayliklar, zarur texnik vositalar va resurslarga ega markazlarda tumanlarni rivojlanishiga kuchli turtki beruvchi iqtisodiy o‘sish nuqtalari va drayver loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan namunaviy biznes-rejalar, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda berilayotgan imtiyozlar, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar va ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, tadbirkorlik asoslari, huquq, soliq va moliyaviy savodxonlikni oshirish mavzularida «O‘zmilliybank» Bosh ofisi malakali mutaxassislari tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Ma'lumot o‘rnida, joriy yil 11 dekabr kuni viloyatning G‘uzor va Dexqonobod tumanlaridagi «Tadbirkorlikka o‘qitish markaz»larida Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv seminarlari jarayonida 110 dan ortiq fuqarolarga pista, kovrak, limon, uzumchilik, tog‘oldi bog‘dorchiligi va chorvachilikni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini tashkil etish iqtisodiy samaradorligi, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash Davlat jamg‘armasi tomonidan taqdim etilayotgan kafillik hamda kompensatsiyalar, soliq ma'murchiligi, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan bank kreditlari bo‘yicha berilgan savollar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
G‘uzor tumanida:
Dehqonobod tumanida:
«O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

10:00 / 24.11.2022
“O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi va “FERRANDI Paris” instituti o‘rtasida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi

17:55 / 01.10.2021
«O‘zmilliybank» AJ va Germaniyaning Doyche banki 100 mln AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi

17:00 / 30.09.2021
«O‘zmilliybank» AJ va «Sovkombank» OAJ (Rossiya) 50 mln AQSh dollari miqdoridagi bosh kelishuvni imzoladi

11:19 / 21.09.2021