Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent-Tehron» xalqaro avtobus marshruti yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Farmonga ilova qilingan «Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy ziyoratchi sayyohlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq, 2021 yildan boshlab transport-logistika xizmatlarini yaxshilash va rivojlantirish choralari ko‘riladi.
Loyihaga ko‘ra, «Toshkent-Buxoro-Mashhad-Tehron» xalqaro avtobus marshrutini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Bunda, yo‘nalishni amalga oshirish uchun Eron hukumati bilan tranzit reyslar bo‘yicha kelishuvga erishish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, «Pegasus Airlines» aviakompaniyasiga Turkiya shaharlaridan Samarqand va Buxoroga hamda Anqaradan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilishi ta’minlanadi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar kelishuv asosida 2021 yilda ishlab chiqilishi belgilangan. Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun – DXX Davlat chegara qo‘shinlari, Transport vazirligi, «Uzbekistan Airports» AJ va Tashqi ishlar vazirliklari mas’ul etib belgilangan.
Mavzuga oid

08:03 / 08.07.2025
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi

09:58 / 29.06.2025
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar

21:18 / 16.06.2025
Isroil Eron davlat televideniyesi qarorgohiga zarba berdi

19:57 / 16.06.2025