«Oloy» bozoridagi tilla do‘konini o‘margan shaxslar Denovdan ushlab kelindi

Foto: Tergov departamenti
2021 yilning 17 yanvar kuni soat 19:00dan 18 yanvar kuni soat 08:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar Toshkent shahrining Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 40-uyda joylashgan zargarlik do‘koni kirish eshigi oynasini sindirib, do‘kon ichiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular do‘kon rahbari 27 yoshli S.Sh.ga tegishli qiymati jami 50 000 000 so‘mlik kumush va sariq metalldan ishlangan turli zargarlik buyumlarini olib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida hamda hodisa joyida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining tahlili olib borilganda, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni surxondaryolik 21 yoshli N.Sh. va 25 yoshli A.N. sodir etganligi aniqlangan.
Jinoyat ishi doirasida 21 yoshli N.Sh. va 25 yoshli A.N.dan kumush va sariq metalldan ishlangan turli zargarlik buyumlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda fuqaro N.Sh. va A.N. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

10:43 / 03.05.2024
Eski jo‘va bozorida zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi

07:48 / 15.08.2022
Huquq-tartibot idoralari Farg‘ona «tilla» bozori yonidagi mojaroga munosabat bildirdi

11:00 / 09.08.2022
Toshkent aeroportida bolalar aravachasida tilla taqinchoqlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

22:35 / 24.02.2022