TMMA: Rossiya ish beruvchi tomonidan yana tanlovlar tashkil etiladi
Rossiya ish beruvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovlarda nomzodlarning atigi 30-40 foizi kasbiy malaka va rus tilini bilish talablariga javob bera olmoqda, xolos. Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda kasb va til bilish malakalarini oshirishga chaqirmoqda.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Rossiya Federatsiyasining «PIK Industriya» AJ, «Texstroy» MChJ va «StroyKraft» MChJ qurilish korxonalari 2021 yilning 1-choragida 14 ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini yollashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Axborot xizmati ma'lum qildi.
15-31 yanvar kunlari esa, Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlarida yuqoridagi tashkilotlar vakillari tomonidan Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni ochiq tanlov asosida suhbatdan o‘tkazish ishlari olib borilgan.
Xususan, 15-20 yanvar kunlari Farg‘onada (4000 ga yaqin ishtirokchi), 22-26 yanvar kunlari Urganchda (3000 dan ortiq ishtirokchi), 29 yanvar - 1 fevral kunlari Samarqandda (2600 dan ortiq ishtirokchi, shundan 24 nafari Sirdaryodan) bo‘lib o‘tgan tanlovlarda fuqarolar soni kutilgandan ortiq bo‘lishi natijasida tanlovlarni dastlabki rejalashtirilgan vaqtlari kechikkan va bu haqda ro‘yxatdan o‘tganlar filiallar tomonidan xabardor qilingan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatidan mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar soni nisbatan ko‘pligi inobatga olinib, 2 fevraldan Shahrisabz shahrida tanlov davom ettirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, tanlovlarda fuqarolarning kasbiy malakasi va rus tilini bilish darajasi ish beruvchi tashkilotlar vakillari tomonidan shaxsan tekshirilmoqda va muvaffaqiyatli o‘tganlar bosqichma-bosqich charter reyslar orqali Rossiyaga ishga jo‘natiladi. Afsuski, nomzodlarning atigi 30-40 foizi ish beruvchilarning kasbiy malaka va rus tilini bilish talablariga javob berib, tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tmoqda. «PIK Industriya», «Texstroy» va «StroyKraft» qurilish korxonalariga joriy yilning 1-choragida 14 ming kishi ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.
«PIK Industriya», «Texstroy» va Rossiyaning boshqa ish beruvchi tashkilotlari tomonidan yaqin vaqt ichida yana tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bois, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda respublikaning barcha hududlarida chet tillari va turli kasblarga o‘rgatish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan 200dan ortiq o‘quv markazlarda bilim va tajribasini oshirishni tavsiya etgan.
Fuqarolar rus tili va kasbga o‘qish masalasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga yoki hududiy mehnat organlariga murojaat qilishlari mumkin, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025