Bahodir Matlubov IIV Akademiyasi rahbarligidan ketdi. Uning o‘rnini vazir o‘rinbosarlaridan biri egalladi
Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari, general-leytenant Bahodir Matlubov IIV Akademiyasi rahbarligini tark etdi.
«Bahodir Ahmedovich Matlubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident farmonida.
Hozircha uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.
Prezidentning boshqa farmoniga ko‘ra, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov IIV Akademiyasining yangi rahbari etib tayinlangan.

«Rustam Abdug‘aniyevich Xatamov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.
- General-leytenant Bahodir Matlubov 2006-2013 yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘lgan, 2013 yil dekabrida nafaqaga chiqqan, 2016 yil dekabrida yana davlat ishiga qaytib, IIV Akademiyasi rahbarligiga tayinlangandi.
- Polkovnik Rustam Xatamov 2018 yil avgustidan buyon Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025