Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda valutafurushlar 10 ming dollar savdosi ustida qo‘lga olindi

Andijon tumanida, Ulug‘nor–Baliqchi avtomobil yo‘li bo‘yida D.E., I.A. va boshqalar ikki nafar xaridorga 10 ming dollarni 105,5 mln so‘mga (1 dollar 10 550 so‘mdan) sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan D.E., I.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bu haqda 26 mart kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi. Tezkor tadbirni departament va DXXning Andijon tuman bo‘limlari o‘tkazgan.
Kuni kecha Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangan edi.
Mavzuga oid

12:29 / 29.07.2025
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi

14:48 / 26.07.2025
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, Antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

11:50 / 14.07.2025