Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari sonini qisqartirish rejalashtirilmoqda
Prezident “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat organlari sonini qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qo‘llash orqali mahalliy davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruvi organlarida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning zamonaviy usullarini joriy etish;
- ma'muriy islohotlar doirasida davlat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini, shuningdek, bir-birini takrorlovchi funksiya va vazifalarni chuqur tahlil qilgan holda davlat organlari sonini qisqartirish.
Shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida, shuningdek, davlat korxonalari boshqaruv organlarida kamida bir nafardan rahbar o‘rinbosari lavozimlari qisqartiriladi, shuningdek, boshqaruv xodimlari soni 10 foiz miqdorida maqbullashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlari sonini qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025