Karmanada 283 gektar maydonda quyosh elektrostansiyasi qurilmoqda
Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi tomonidan 100 MVt quvvatli quyosh elektrostansiyasining qurilish ishlari bilan tanishdi.
2019 yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Davlat xususiy sherikchilik asosida yurtimizda birinchi quyosh elektrostansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish va qurish maqsadida, Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi kelishuv va Investitsion kelishuv bitimi imzolangan edi.
Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 110 million AQSh dollariga baholangan va «Masdar» kompaniyasi tomonidan yuz foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi.
Hozirda Karmana tumani Malik mahallasi hududida pudratchi korxona – Xitoy Xalq Respublikasining «SEPKO III» LTD kompaniyasi tomonidan 283 gektar yer maydonda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Avvalroq, «Masdar» kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati Zarafshon shahrida shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yilgani haqida ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada Uilyam Tyornerning 150 yil oldin yo‘qolgan kartinasi topildi
Jahon | 19:30
-
Devid Bekhemga ritsarlik unvoni beriladi
Jahon | 19:02
-
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi
Jahon | 18:58
-
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi
Jahon | 18:56
Mavzuga oid

15:03 / 04.05.2025
Navoiyda ikki nafar yoshlar yetakchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:48 / 08.02.2025