Sharoit yaratib berilsa, yoshlar davlatga ko‘makchi bo‘ladi – prezident
Prezident yoshlarga faqat kredit berish bilan ish bitmasligi, ularning ishlashi uchun sharoitlar ham yaratib berish lozimligini ta'kidladi.

«Bir narsani tushuninglar, yoshlar muammolarini faqatgina Yoshlar agentligi yoki Yoshlar ittifoqining o‘zi hal qiladi, deb o‘ylasak, xato bo‘ladi.
Hali oldimizda bu borada o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab vazifalar turibdi.
Yoshlar bandligini ta'minlash va ularga munosib daromad olishi uchun sharoit yaratib berish – eng muhim vazifa hisoblanadi.
Yana bir bor takrorlayman, bu boradagi eng katta imkoniyat va zaxiramiz, bu – tadbirkorlik, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesdir», degan prezident.
Birinchi chorakda 12 ming nafar «yoshlar daftari»ga kirganlarga 255 milliard so‘m kredit ajratilgani ma'lum qilindi.
«Lekin faqat kredit berish bilan ish bitmaydi-ku? Yo‘lini qilish kerak, gazini, svetini ulab berish kerak. Sharoit yaratib berilsa, yoshlar davlatga ko‘makchi bo‘ladi.
Lekin, ular mustaqil ravishda tadbirkor bo‘lib, oyoqqa tura oladimi, degan savol hokimlar, sektor rahbarlari va sohaga mas'ullarni har kuni o‘ylantirishi kerak.
Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davrida Jondor tumanida 813 nafar yoshlarga kredit ajratilgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha 158 nafar», – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi

11:46 / 26.05.2025